"Neftchi" braziliyalik hujumkor yarim himoyachi bilan shartnoma tuzdi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 20:09
"Neftchi" o'z safiga braziliyalik yarim himoyachini qo'shib oldi.

Yan Medeyros Sasse 1997 yil 24 iyunda Braziliyaning Portu Alegri shahrida tug'ilgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadigan futbolchining bo'yi 1,73 metr, asosiy oyog'i esa - chap.

Faoliyati davomida “Koritiba”, “Vasko da Gama”, “Rizespor”, “Amerika-MG”, “Vellington Feniks”va “Esperanc” kabi klublarda to'p tepgan. Turli chempionatlarda 100 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.

“Esperanc” safida Fransiya chempionati doirasida 60 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan. 2024/25 mavsumida esa chempionatda 27 o'yinda 10 ta gol qayd etgan.

Sasse 2025 yilgi Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. U "Flamengo", "Los Anjeles" va "Chelsi"ga qarshi jami 3 ta uchrashuvda 156 daqiqa maydonda bo'lgan.

Transfermarkt bo'yicha futbolchining eng yuqori bozor qiymati - €1,4 mln.

Endi esa braziliyalik futbolchining yangi manzili - FARG'ONA!

Yan Sasse - “Neftchi”ga xush kelibsan!, - deb yozadi "Neftchi" matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати