

Saytimiz fotomuhbiri Tolibjon Qosimov o'z Telegram kanalida yozishicha, "G'azalkent" himoyachisi Muhammadaziz Ro'ziboev Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi ixtiyorida bo'lib turibdi. Kecha u Toshkent - Parij - Valensiya yo'nalishi bo'ylab Ispaniyaga yetib bordi.
Ma'lumot uchun, bu "G'azalkent"dan oxirgi bir oy ichida Yevropaga ko'rikdan o'tish uchun uchib ketgan ikkinchi futbolchi. Birinchisi Diyor Tojiev edi. U Portugaliyaga borgandi.
Quyida futbolchi bilan yaqindagina tashkil etilgan intervyuni tomosha qilishingiz mumkin.



