Marsyal "Malaga"ga o'tishi mumkin. MYUning sobiq hujumchisi iyun oyida "Monterrey" bilan shartnomasini bekor qilgandi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2026, 17:29
Jurnalist Matteo Morettoning xabariga ko'ra, "Malaga" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun Antoni Marsyalni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

La Liga klubini qiziqtirayotgan fransiyalik futbolchi vinger yoki hujumchi poziciyalarida harakat qila oladi.

30 yoshli o'yinchi iyul oyi boshida "Monterrey" bilan shartnomasini bekor qilganidan buyon erkin agent maqomida turibdi.

Futbolchi shuningdek, AEK, "Manchester Yunayted", "Sevilya", "Monako" va "Lion" klublarida ham to'p surgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/MatteMoretto/