

Termiz klubi shu kungacha "Neftchi" mehmoni bo'lib, biror marotaba ham g'alaba qozona olmagan.
Jamoalar Farg'onada jami 16 ta o'yin o'tkazishgan. Ushbu bahslarning 13 tasida (81%) farg'onaliklar zafar quchgan bo'lsa, atigi 3 ta o'yinda (19%) murosa ko'chasi tanlangan. To'plar nisbatidagi farq ham yaqqol ustunlikni ko'rsatib turibdi: 43-10.
Ma'lumot o'rnida, bugungi bahs 19-00 da boshlanadi.



