Nazorat uchrashuvlari. "Neftchi" bugun Bolgariya, "Andijon" Shimoliy Makedoniya klubi bilan o'ynaydi

Iskandarov Abdulaziz
20 yanv 2026
Superliga jamoalari yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

Vodiyning ikki jamoasi bugun Antaliyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasidan o'rin olgan navbatdagi nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi. 

"Neftchi" Bolgariyaning "Septemvri" jamoasi bilan kuch sinashadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 16-00da start oladi. "Andijon"ga Shimoliy Makedoniyaning "Vardar" klubi raqib vazifasini o'taydi. Bahs 18-30da start oladi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Chаmpionat.asia