

Timur Kapadze shogirdlari ertaga Ozarbayjonning “Zira” (Zira), 2 iyul kuni esa Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.
Ma'lumot uchun, “Zira” 3 karra Ozarbayjon vice-chempioni, shu jumladan, o'tgan mavsumda ham kumush medallariga ega chiqqan. Hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodovlar to'p tepadigan “Istanbul Bashakshehir” esa bir marta Turkiya chempionligi (2020 yil), 2 marta vice-chempionligini qo'lga kiritgan.



