

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi VARdan foydalanish bo'yicha tavsiyalar berilgan Clear Line platformasini ishga tushirdi: "Bizga xarakteri bor hakamlar kerak. Videoassistent o'yinni boshqarmaydi, faqat aniq xatolarda yordam beradi". UEFA hakamlar korpusi rahbari Roberto Rozetti quyidagilarga aniqlik kiritdi: "Biz mikroskopik vaziyatlarda aralashishdan qochishni xohlaymiz – bu futbol, PlayStation emas. Ular faqat yaqqol xatolarda kerak".
"Bosh hakam maydonda yagona obro' egasi bo'lib qolishi kerak. Men UEFAning hakamning o'yin vaqtidagi qarorlar uchun mas'uliyati va obro'sini tiklash haqidagi chaqirig'ini to'liq qo'llab-quvvatlayman. VAR faqat yaqqol va hal qiluvchi xatolar sodir bo'lgan hollarda aralashishi kerak. Futboldagi texnologiyalar hakamni almashtirish uchun emas, unga yordam berish uchun kerak", – deb yozdi 90 yoshli shveytsariyalik.



