

FA ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli futbolchi 2024 yilning 20 noyabridan 2026 yilning 12 fevraliga qadar futbol uchrashuvlariga 61 ta stavka qilgan. Angliyada professional futbolchilarga har qanday futbol o'yinlariga stavka qilish taqiqlangan. Sherif FA ayblovlariga 17 avgustga qadar javob berishi kerak. Niderlandiya o'smirlar terma jamoasi futbolchisi "Everton" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, biroq hali asosiy jamoa safida birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmadi. O'tgan mavsumda u ijara asosida "Roterxem" va "Port Veyl" safida to'p surgan.



