PSJ - "Aston Villa": 2026 yilgi UEFA Superkubogi uchun jamoalarning asosiy tarkiblari ma'lum

Aslanov Jasurbek
12 avg 2026, 22:59
Fransiyaning PSJ va Angliyaning "Aston Villa" klublari o'rtasida 2026 yilgi UEFA Superkubogi uchrashuvi bo'lib o'tadi.

O'yin Zalcburgdagi "Red Bull Arena" stadionida o'tkaziladi. Uchrashuvning bosh hakami sifatida somalilik Umar Abdulkadir Artan hakamlik qiladi.

Jamoalarning asosiy tarkiblari:

  • PSJ: Safonov, Markinos, Pacho, Mendesh, Hakimi, Nevesh, Vitinya, Zair-Emeri, Kvaratsxeliya, Akliush, Due.

  • "Aston Villa": Bizot, Kesh, Torres, Matsen, Lindelyof, Gomes, Kamara, Makginn, Buendiya, Xemmings, Madjo.

O'tgan mavsumda PSJ Chempionlar ligasida g'olib chiqqan edi. Finalda parijliklar Londonning "Arsenal" klubini mag'lub etishdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida PSJ qo'chliroq keldi - 4:3.

"Aston Villa" esa Yevropa ligasida bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Finalda ingliz jamoasi "Frayburg"ni yirik hisobda mag'lub etdi - 3:0.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia