Messi otasining vafotidan so'ng ilk bor maydonga tushdi

13 avg 2026, 07:44
"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Ligalar kubogi guruh bosqichining uchinchi turidan o'rin olgan Meksikaning "Leon" klubiga qarshi o'yinda (2:3) ishtirok etdi.

39 yoshli argentinalik futbolchi jamoa ixtiyoriga qaytib, otasining vafotidan so'ng ilk bor maydonda harakat qildi.

Lionel o'yinni zaxira o'rindig'ida boshladi, biroq tanafsusdan so'ng darhol maydonga tushdi.

Ikkinchi bo'lim davomida Messi darvozaga 3 ta zarba yo'lladi, 24 ta uzatmani amalga oshirdi (aniqlik 80%), burchakdan 5 ta uzatma bajardi va 4 ta xavfli vaziyat yaratdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia