Eron klubi Toshkent, Dushanbe va Doha variantlaridan mahrum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2026, 15:34
Eronning "Istiqlol" klubi OFK talabiga ko'ra o'z uchrashuvlarini boshqa mamlakatda qabul qilishi kerak.

“Klub shu maqsadda O'zbekiston tomoniga taklif bilan chiqdi, ammo rad javobini oldi.

Shu sababli “Istiqlol”ning 4 ta uchrashuvini Toshkentda tashkil etish rejasi bekor bo'ldi”, – deyiladi “Istiqlol” xabarida.

“Istiqlol” o'yinlariga qaysi davlat mezbonlik qilishi hozircha aniq emas. Osiyo futbol konfederatsiyasi Tojikistonda o'yinlarni o'tkazish variantiga qarshi chiqdi, chunki bu davlatdagi stadionlar Elit OCHL uchrashuvlarini o'tkazish uchun zarur standartlarga javob bermaydi.

Iroq, BAA va Qatarning ham musobaqada bir nechta vakili borligi sababli OFK “Istiqlol”ga o'z o'yinlarini ushbu davlatlarda o'tkazishiga rozilik bermadi.

Yakuniy mezbon davlat bugun e'lon qilinishi kutilmoqda. Biroq ayrim xabarlarga ko'ra, OFK jamoadan mezbonlik huquqini olib qo'yishi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia