

"Ochig'ini aytganda, qur'a natijalaridan xursandman. Uyda "Istiqlol", "Traktor", "Al Qodisiya", "Al Nassr" bilan o'ynashimiz aniq. Bu o'yinlarda stadion to'lishini kutyapman, chunki jahonning eng yaxshi futbolchisi Ronalduga qarshi o'ynaymiz. Bu futbol bayramiga aylanishi shubhasiz. Qur'adan oldin ham "Al Nasr"ga qarshi o'ynashimizni istayotgandim.
Guruhdan chiqishimiz uchun yaxshi imkoniyatga egamiz, buning uchun uydagi o'yinlarda g'alaba qozonishimiz lozim. Saudiya Arabistonida oson bo'lmaydi. Osiyoning eng yaxshi jamoalari bilan to'qnash kelamiz. Safarda ham o'zimizning eng yaxshi o'yinlarimizni o'tkazishga, ochko olishga harakat qilamiz. Qolaversa, O'zbekiston chempionatida ham munosib kurashgan holda chempionlikni qo'lga kiritishni istaymiz", – deydi Boyan Miladinovich.
Avvalroq “Paxtakor” Elit OCHLdagi raqiblarini bilib olgan edi.


