"Nasaf" – "Navbahor" uchrashuvida hakamlar penalti belgilamadi. Superliganing 11-turidagi hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
6 may 2026, 17:28
Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining 11-turidan o'rin olgan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

"Dinamo" – "Mashal"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bu vaziyatda “Dinamo” o'yinchisi to'qnashuv izlamay, to'pga birinchi bo'lib o'ynashga ulgurgan. To'qnashuv tashabbuskori esa to'pga ulgurmay qolib, hujumchini yiqitgan “Mashal” darvozaboni bo'ladi. Bizningcha, intizomiy jazolarsiz penalti belgilash – to'g'ri qaror.

"Buxoro" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

To'g'ri, "So'g'diyona" darvozaboni to'pni ushlab qololmadi, shundan so'ng "Buxoro" o'yinchisi bilan to'qnashuv sodir bo'ldi. Biroq biz buni o'yin holati va vaziyatga jiddiy ta’sir qilmagan deb hisoblaymiz. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish. Hakam va VAR to'g'ri qaror qabul qilgan.

"Buxoro" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Yaqin ustun oldida turgan “So'g'diyona” o'yinchisi raqib bilan poziciya uchun kurash tufayli emas, shunchaki to'pga etolmagani uchun unga o'ynay olmadi. To'g'ri, avvaliga uni “Buxoro” futbolchisi ushlab turgan edi, biroq to'p ularning hududiga uzatilgach, qo'yib yubordi. Shunday qilib, bu ushlab turish uning harakatlanishiga hech qanday to'sqinlik qilmadi. Bizningcha, bu mutlaqo o'yin vaziyatidagi kurash edi. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

"Buxoro" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Afsuski, qo'shimcha rakurslar etarli emas. Mavjud takroriy lavhadan hakam xato qildi deb ayta olmaymiz. "Buxoro" o'yinchisi tomonidan ochiqchasiga qo'l bilan o'ynash holatini ko'rmayapmiz, demak, hakamning o'yinni davom ettirish qarorini to'liq qo'llab-quvvatlaymiz.

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Qo'qon-1912" himoyachisi ataylab to'pga qo'l bilan o'ynab, raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilmoqda. To'g'ri, to'p hujumchining nazoratida emasdi, lekin tezlikda kelayotgandi. Agar fol bo'lmaganida, "Bunyodkor" hujumchisi to'pni egallab, real golli vaziyatga ega bo'lishi mumkin edi. VAR to'g'ri aralashgan, fikrimizcha, to'g'ri qaror – qizil kartochka.

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Bunyodkor" futbolchisi to'pni o'ziga bo'ysundira olmadi va uzoqqa uzatib yubordi, shundan so'ng raqib oyog'ini bosib olish holati yuz berdi. To'g'ri, oyoq to'liq bosilmagan, lekin yuqori intensivlikni ko'rib turibmiz, "Bunyodkor" o'yinchisi raqib bilan bunday tarzda yakkakurashga kirishib, uning oqibatlarini hisobga olmagan. Hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz – ehtiyotsiz harakatlar va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka (bu o'yinchi uchun uchrashuvdagi ikkinchisi bo'ldi).

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizningcha, hakam to'g'ri qaror qabul qilib, o'yinni davom ettirdi. Ushbu vaziyatda "Qo'qon-1912" himoyachisi tomonidan chalib yiqitish yoki oyoqqa zarba berish holatini kuzatmayapmiz. Shu bilan birga, simulyaciyani ham ko'rmayapmiz, chunki, nazarimizda, "Bunyodkor" o'yinchisi shunchaki sirpanib kyetib, muvozanatni yo'qotgan.

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Yana bir noqulay takroriy lavha. Yiqilish chog'ida “Bunyodkor” o'yinchisi qo'li bilan raqibining yuziga tegib ketdi, biroq bundan avval “Qo'qon-1912” himoyachisi tomonidan oyoqqa nisbatan qoida buzilgan bo'lishi mumkinligini taxmin qilishimiz mumkin. “Bunyodkor”ning 28-raqamli futbolchisi bizga ko'rinishni to'sib qo'yapti, shu sababli bu vaziyatda himoyachi tomonidan qoida buzilganini yuz foiz ishonch bilan ayta olmaymiz. Hakam yaxshi nuqtada turgan edi, shuning uchun uning qaroriga ishonish joiz.

"Nasaf" – "Navbahor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Biz bu vaziyatda hakamning qaroriga qo'shilmaymiz. Bizningcha, VAR to'g'ri aralashib, hakamni videotakrorni ko'rishga taklif qildi. “Nasaf” himoyachisi raqibning to'pga harakatlanishiga ochiq-oydin to'sqinlik qilib, uni ushlab qolmoqda. E'tiborli jihati, futbolchi oldinga emas, orqaga yiqilmoqda. Bu - qasddan ushlab qolish va bu vaziyatdagi to'g'ri qaror - penalti hamda sariq kartochka.

"Nasaf" – "Navbahor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam to'g'ri qaror qabul qildi va o'yinni davom ettirdi. "Navbahor" himoyachisi qo'llarini orqasiga yashirmoqda, qo'li bilan to'p tomon harakat qilmayapti, qo'l tanani g'ayritabiiy ravishda kattalashtirmayapti.

"Nasaf" – "Navbahor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ushbu vaziyatda, 9-holatdan farqli o'laroq, hakamning qaroriga qo'shilamiz. To'g'ri, bu yerda ham ushlab qolish bor edi, lekin u qadar kuchli emas, bu "Nasaf" o'yinchisining to'pga tomon harakatiga ta’sir qilmadi. Fikrimizcha, u o'z tashabbusi bilan yiqilgan. To'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

"Xorazm" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bu yerda "Xorazm" himoyachisi tomonidan qoida buzilishini ko'rmayapmiz. Boshida o'yinchilar o'rtasida o'zaro kurash kechdi, shundan so'ng to'p, nazarimizda, himoyachining tanasiga tegdi. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – o'yinni davom ettirish.

❌✅ "Lokomotiv" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ishni penalti belgilanishidan boshlasak. Bizningcha, bu juda shubhali penalti, ayniqsa, "Lokomotiv" o'yinchisi ham raqibini ushlab turgan edi. Fikrimizcha, o'yinni davom ettirish to'g'riroq qaror bo'lardi. Penaltini qayta tepish masalasiga kelsak, bu kameradan aniq bir narsa deyish qiyin, lekin katta ehtimol bilan darvozabonning to'p tepilishidan oldin chiziqdan chiqqanini qayd etgan hakam yordamchisi haq.


Shu tariqa, Superliganing 11-turi bahslarida hakamlar ikkita xatoga yo'l qo'yishdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia