Superliganing 26-turida hakamlar xatoga yo'l qo'ydimi? Ekspertimizdan hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
5 noya 2026, 11:50
Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram-kanali) o'zining hakamlardan iborat jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining 26-turi doirasidagi o'yinlarda yuz bergan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

✅ "Xorazm" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam yordamchisi to'g'ri qaror qabul qildi va "Paxtakor"ning golini hisobga oldi. Ofsayd chizig'idan o'tib ketgan hujumchi "Xorazm" darvozabonining ko'rish maydonini to'sib qo'ymagan va vaziyatga hech qanday ta’sir ko'rsatmagan edi. VAR esa vaziyatga noto'g'ri aralashdi. Bosh hakam takroriy lavhani ko'rganidan so'ng, dastlabki qarorni o'z kuchida qoldirib, to'g'ri yo'l tutdi.

 

✅ "Xorazm" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Mavjud takroriy lavhalarga asoslanib, ommaviy mojaroni keltirib chiqargan ikki futbolchini sportga xos bo'lmagan xatti-harakati uchun sariq kartochka bilan jazolagan, shuningdek, tajovuzkor harakati uchun "Paxtakor"ning 4-raqamli o'yinchisini maydondan chetlatgan hakam to'g'ri qaror qabul qilgan, deb hisoblaymiz.

 

✅ "Xorazm" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ofsaydni aniqlash uchun eng maqbul rakurslar taqdim etilmagan. Ofsayd chizig'ini "Xorazm" hujumchisining elkasi bo'ylab tortishga to'g'ri keldi. Katta ehtimol bilan uning oyog'i darvozaga yanada yaqinroq joylashgan edi, biroq buni 100 foiz ishonch bilan tasdiqlab bo'lmaydi. Shunday bo'lsa-da, chiziq elka bo'ylab tortilgan taqdirda ham, bu baribir ofsayd hisoblanadi. Gol to'g'ri bekor qilingan.

 

✅ "So'g'diyona" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakamning qaroriga qo'shilamiz: "So'g'diyona" o'yinchisi yakkakurashga haddan tashqari kuch ishlatib kirishgan va raqibning to'pig'idan yuqori qismiga butsasining tishlari bilan zarba bergan. Bundan tashqari, raqibni "bosib ketish" holati ham mavjud. Bu yerda biz jiddiy jarohat etkazish xavfini ko'rmoqdamiz. To'g'ri qaror – o'yin qoidalarini jiddiy buzganligi uchun qizil kartochka ko'rsatilishidir.

 

✅ "Qo'qon-1912" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Ikkilanishli "chegaradagi" bahsli vaziyat. Past intensivligi va haddan tashqari kuch ishlatilmagani sababli sariq kartochka ko'rsatish uchun ham mezonlar mavjud. Biroq qizil kartochka uchun mezonlar baribir ko'proq – butsa tishlari bilan zarba berish, yuqori kontakt va jarohat etkazish niyati. Hakamlar brigadasining qaroriga qo'shilamiz.

 

❌ "Qo'qon-1912" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Qo'qon-1912" o'yinchisi tomonidan ochiqchasiga simulyaciya ishlatilgan. U hech qanday kontaktsiz, o'z tashabbusi bilan yiqildi. Hakam bu kartochkani "o'tkazib yubordi", aslida simulyaciya uchun ogohlantirish berilishi lozim edi.

 

✅ "Qo'qon-1912" – "Qizilqum"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Qo'qon-1912" hujumchisining qo'liga to'p tegishini qoidabuzarlik, deb hisoblaymiz. Gol to'g'ri bekor qilindi, VAR vaziyatga to'g'ri aralashdi.

 

✅ "Surxon" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Agar "Surxon" bu vaziyatda gol urolmaganida, "Nasaf" darvozasiga penalti belgilanishi lozim edi. Himoyachi jarima maydonchasi chizig'i ustida qo'li bilan o'ynadi. Biroq "Surxon" vaziyatni oxirigacha etkazdi va hakam o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi.

 

✅ "Surxon" – "Nasaf"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Referi vaziyatni to'g'ri baholadi va "Nasaf" o'yinchisiga o'ylamasdan qilgan qo'polligi uchun ikkinchi sariq kartochkani ko'rsatdi. U raqib uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni hisobga olmay, uning oyog'iga qasddan bosgan.

 

✅ "Navbahor" – "Andijon"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizningcha, hakam o'yinni davom ettirib to'g'ri qaror qabul qildi va mos ravishda, VAR ham aralashmay to'g'ri yo'l tutdi. To'g'ri, "Navbahor" himoyachisi tomonidan biroz ushlab qolish holati kuzatildi, ammo fikrimizcha, bu "Andijon" hujumchisining oldinga intilishiga ta’sir qilmadi. Har bir o'yinda bunday kontaktlar etarlicha topiladi, penalti belgilash uchun esa vaziyatga ta’sir qiluvchi yanada jiddiyroq ushlab qolish kabi asosli sabablar bo'lishi kerak.

 

❓ "Lokomotiv" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

OKMKning ushbu hujumida to'p ikki marta maydonni tark etishi mumkin edi. Translyatsiya rejissyorlari e'tiborni birinchi vaziyatga qaratdilar, aslida bu yerda to'p yon chiziqni to'liq kesib o'tmagani yaqqol ko'ringan. Biroq ikkinchi vaziyatda to'p havoda bo'lgan paytda uning maydonni tark etgani yoki yo'qligini aniqlash ancha qiyinroq. Biz buni tasdiqlaydigan takroriy lavhalarni ko'rmadik. Agar hakamlar tomonidan xato qilinganiga dalillar bo'lmasa, biz ularning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz.

 

✅ "Lokomotiv" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Takroriy lavhalardan birida OKMK o'yinchisi to'pga o'ynagani, dastlab raqibga to'p bilan teggani va shundan so'ngragina kontakt sodir bo'lgani yaxshi ko'ringan. Agar hujumchi to'pni oldinga tashlab, so'ng oyog'iga zarba egan yoki chalingan bo'lganida, biz penalti haqida gapirishimiz mumkin edi. Ammo bu vaziyatda biz o'yinni davom ettirish qarorini qabul qilgan hakam bilan hamfikrmiz.


Shu tariqa, Superliganing 26-turi doirasidagi o'yinlarda hakamlar bitta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia