

"Manchester Yunayted" Buyuk Britaniyaning mobil va elektron to'lovlarni qabul qilish bo'yicha xizmat ko'rsatuvchi SumUp fintex-kompaniyasi bilan hamkorlik boshlanganini e'lon qildi.
Kompaniya mankunianliklar klubining rasmiy hamkoriga aylandi. SumUp logotipi barcha musobaqalarda erkaklar, ayollar va yoshlar jamoalari libosining engida joylashtiriladi.
BBC xabariga ko'ra, shartnoma "ko'p millionlik" qiymatga ega.
Avvalroq libos engida DXC Technology logotipi joylashgan edi. Yozda klub va kompaniya o'rtasidagi to'rt yillik shartnoma o'z nihoyasiga etdi.




