"Albatta, bu qizil kartochka". "Portu" bosh murabbiyi "Manchester Siti" bilan o'yindagi hakamlikni tanqid qildi

9 sen 2026, 09:45
"Portu" bosh murabbiyi Franchesko Farioli Chempionlar ligasi umumiy bosqichi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o'yindagi (0:2) hakamlikdan norozi bo'ldi.

Italiyalik mutaxassisning etirozlari ikkita epizodga tegishli. O'yinning 41-daqiqasida "Siti" himoyachisi Mark Gexi Gabriel Veyga bilan to'qnashib ketdi va uning boshiga tirsagi bilan zarba berdi. "Portu" yarim himoyachisi jarohat oldi, undan qon oqdi, ammo bosh hakam Shimon Marcinyak "Man Siti" himoyachisiga hatto ogohlantirish ham ko'rsatmadi va videotakrorni ko'rishga bormadi.

Ikkinchi bo'limda Yoshko Gvardiol sariq kartochkasi bo'la turib, "Portu"ning hujumini buzdi, ammo ikkinchi ogohlantirish bilan jazolanmadi. Ushbu vaziyatdan so'ng Gvardiol tezda Abduqodir Husanovga almashtirildi.

"Men tomosha qilgan o'yinlar bo'yicha aytadigan bo'lsam, Gexiga kartochka ko'rsatish mumkin edi, deb hisoblayman. Albatta, bu qizil kartochkaga tortardi", - dedi Farioli.

O'xshash yangiliklar


Manba: UEFA.com