

"Biz xafamiz. Bu erga g'alaba qozonish uchun kelgandik va ikki marta bunga erishishimiz mumkin edi. Men bu o'yin yakuni oxirigacha noaniq bo'ladigan bahslardan biri bo'lishini kutgandim. "Everton" bilan safarda o'ynaganimda ko'pincha shunday bo'lardi.
Ishni oxirigacha etkaza olmadik. Raqib ikkita chiroyli gol urdi, ikkalasi ham uzoq masofadan yuqori burchakka yo'llandi. Raqib bunday zarbalarni tez-tez yo'llamagandi, ammo bu sodir bo'lganida bizga qiyinchilik tug'dirdi. Juda yaxshi hujumkor o'yin tufayli soz holatda edik, ammo ikkita gol urib, safarda g'alaba qozona olmaslik - juda alamli", - deydi Kerrikning so'zlarini "qizil iblislar" rasmiy sayti.



