

"Bugun men xarakteri bor jamoani ko'rdim. Biz muhim narsa quryapmiz. Men ham, jamoa ham bu erga shunchaki o'ynab ketish uchun kelishni rejalashtirmagandik. Fikrimcha, biz "Real" jarima maydonchasiga tez-tez yetib bordik. Bilaman, o'yinlarning mohiyati - bu golli vaziyatlar va gollar, deyishadi. Ammo menga jamoamning aynan bu yerda ko'rsatgan o'yini yoqdi.
Musobaqaning ushbu bosqichida oldimizda yana ettita o'yin bor. Uch ochkoni aynan shu yerda qo'lga kiritishni xohlagandik, ammo noloiq mag'lubiyat bilan uyga qaytdik. Lekin biz kurashchilarmiz. Biz o'sishni, yuqori marralarni zabt etishni xohlaymiz. Yanada kuchayishga harakat qilamiz", - dedi Kivuning so'zlarini UEFA rasmiy sayti.
Keyingi turda "Inter" 13 oktyabr kuni "Bryugge"ni qabul qiladi.



