"Arsenal" Vinisius bilan shartnoma imzolashiga ishonch bildirmoqda - AS

6 avg 2026, 10:15
"Arsenal" kiyinish xonasida klub "Real" vingeri Vinisius Junior bilan shartnoma imzolay olishiga ishonch bildirishmoqda, deb xabar beradi "AS" nashri.

Manba ma'lumotiga ko'ra, "kanonirlar" sport direktori Andrea Berta jamoadagi ko'pchilikka, jumladan futbolchilarga ham, ehtimoliy kelishuvning muvaffaqiyatiga ishonchi komil ekanini ma'lum qilgan. Klub bosh murabbiyi Mikel Arteta allaqachon Vinisiusga o'z loyihasida u uchun qanday rol tayyorlayotganini tushuntirib bergan va braziliyalik futbolchi "Real"dan ketadigan bo'lsa, "Arsenal"ni o'zi uchun mos variant deb hisoblamoqda. Madrid klubida "Arsenal"ning Vinisiusga bo'lgan aniq qiziqishi haqida allaqachon xabardor bo'lishgan.

Takidlanishicha, "Real" rahbariyati Vinisius bilan shartnomani faqat o'z shartlari asosida uzaytirishga tayyor – vingerga hech bir o'yinchi klub manfaatlaridan ustun bo'la olmasligini uqtirishgan.

Avvalroq "Real" Vinisiusga "o'yinchining jamoa va loyiha uchun muhimligini aks ettiruvchi" yaxshilangan shartnoma taklif qilgani xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS