"Milan" yetakchisi jamoani etish niyatida ekanligini ma'lum qildi

31 may 2026, 10:05
"Milan"ning portugaliyalik yarim himoyachisi Rafael Leau kelayotgan yozda klubdan ketishga va o'z kuchini boshqa ligada sinab ko'rishga qaror qilganini aytdi.

"Men "Milan" tarixiga kirganimdan faxrlanaman, lekin yangi sahifa ochishni xohlayman. Boshqa chempionatda o'ynashga tayyor ekanligimni his qilyapman.

Men "Milan" uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qildim, ammo yangi chorlovni qabul qilish vaqti keldi", - dedi Leau Sport TV telekanaliga bergan intervyusida.

Italiya Seriya A ning yakunlangan mavsumida 26 yoshli Leau 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi esa beshinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga yo'llanma ololmadi. Shuningdek, Rafael hisobida Italiya kubogi doirasida 2 ta o'yin va 1 ta gol bor. Portugaliyalik futbolchi 2019/2020 yilgi mavsumdan beri "rossoneri" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bundan oldin futbolchiga "Real", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublar tomonidan qiziqish bo'layotgani xabar qilingandi. Shuningdek, Turkiyaning "Galatasaray" va "Fenerbaxche" klublari ham Leauga qiziqish bildirishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport TV