

Bundan avvalroq vinger yozda Italiya klubini tark etishini ma'lum qilgan edi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Turkiya jamoasi futbolchiga yillik maoshi € 8 mln va bonuslari € 2 mln bo'lgan shartnoma taklif qilmoqda. Italiyaliklar esa futbolchining transferi uchun taxminan € 60 mln talab qilishadi.
Yakunlangan mavsumda 26 yoshli portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati € 50 mln ni tashkil etadi.



