

Ularning o'zaro uchrashuvi 22 noyabr kuni bo'lib o'tadi.
Statistik portal ma'lumotlariga ko'ra, mersisaydliklar uy uchrashuvida yaqqol favorit sanalmoqda. Ularning g'alabasi 57,3 foizga baholanmoqda. Yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino tayinlanganidan so'ng "qizil iblislar"ning zafar quchish ehtimoli 20,5 foizni tashkil etmoqda. Jamoalar o'rtasidagi durang natija esa 22,2 foizga baholangan.
Ayni damda "Liverpul" 18 ochko jamg'argan holda turnir jadvalining to'rtinchi pog'onasida bormoqda. "Manchester Yunayted" esa joriy mavsumning dastlabki 10 ta o'yinida atigi bitta g'alaba qozonib, APL jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.



