"Bavariya" himoyachisi O'zbekistonga qarshi o'ynamasligi mumkin

Оқил Абдубарноев
5 okt 2026, 19:42
Koreya terma jamoasining asosiy markaziy himoyachisi Kim Min Je qatorasiga ikkinchi kun jamoaviy mashg'ulotlarda ishtirok etmadi.

Katta ehtimol bilan "Bavariya" himoyachisi bosh murabbiy Robert Moreno boshqaruvidagi to'rtta o'yinlik seriyaning so'nggi bahsi – O'zbekistonga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

Koreya matbuotining xabar berishicha, 5 oktyabr kuni Chonan shahridagi futbol markazida o'tkazilgan terma jamoaning rasmiy mashg'ulotida Kim Min Je qatnashmagan. Uning o'rniga futbolchi yopiq binoda yakka tartibda shug'ullanish bilan cheklangan.

Ma'lumot uchun, Koreya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi 6 oktyabr kuni Yongin shahridagi "Yongin Mireu" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: YNA