Yangi EA FC simulyatorida o'zbekistonlik futbolchilarning reytinglari

Aslanov Jasurbek
5 okt 2026, 20:19
Ommabop EA FC (sobiq FIFA) 27 futbol simulyatorida o'zbekistonlik futbolchilarning joriy reytinglari hamda kelajakdagi o'sish potenciali (Potential) ma'lum bo'ldi.

Eng yuqori ko'rsatkich va o'sish imkoniyatiga Abduqodir Husanov ega bo'lib, uning joriy reytingi 82 ni, potenciali esa 87 ni tashkil etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovning reytingi va potenciali tenglashgan - 76. Mahoratli yarim himoyachi Abbosbek Fayzullayevning joriy reytingi 70 bo'lsa, o'yin davomida uni 81 reytingigacha prokachka qilish (rivojlantirish) mumkin.

Shuningdek, ro'yxatda 18 yoshli Behruz Karimovning (joriy reytingi 60) potenciali 77 ga tengligi e'tiborni tortadi. Husniddin Aliqulov esa 66 reyting va 69 potencialga ega.

Afsuski, Muhammadali O'rinboevning potenciali o'tgan mavsumdagi 74 ko'rsatkichdan 71 gacha pasaygan (joriy reytingi 62). Bunga futbolchining ketma-ket olgan jarohatlari sabab bo'lgan bo'lishi mumkin.

O'zbekistonlik futbolchilarning ko'rsatkichlari:

  • Abduqodir Husanov (22 yosh, CB) - joriy reyting: 82, potencial: 87.

  • Eldor Shomurodov (31 yosh, ST/CAM) - joriy reyting: 76, potencial: 76.

  • Abbosbek Fayzullayev (22 yosh, RM/LM/RW/LW) - joriy reyting: 70, potencial: 81.

  • Husniddin Aliqulov (27 yosh, CB/CDM/CM) - joriy reyting: 66, potencial: 69.

  • Muhammadali O'rinboev (21 yosh, RW/CAM/LW/RM/CM) - joriy reyting: 62, potencial: 71.

  • Behruz Karimov (18 yosh, RB/LB) - joriy reyting: 60, potencial: 77.

photo_2026-10-05_19-33-58.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia