O'zbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi to'liq ko'k libosda maydonga tushadi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2026, 21:13
6 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Koreya Respublikasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Mazkur bahsda vakillarimiz to'liq ko'k libosda, terma jamoamiz darvozaboni esa yashil rangli libosda harakat qilishi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston hamda Koreya Respublikasi terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

photo_2026-10-05_21-01-44.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UFA