

"G'alaba muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, chempionatdagi oxirgi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng. Ikkinchi bo'limda yorqin o'yin ko'rsata olmagan bo'lsak-da, o'yin taqdirini birinchi bo'limdayoq hal qildik. Gap nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikda ham. Bazi o'yinchilarni almashtirib, yarim himoyada barqarorlikni taminlab, bunga erishdik. Futbolchilar mening hurmatim va qarsaklarimga loyiqdirlar.
Biz ko'p gol uryapmiz, lekin ko'p imkoniyatlarni ham boy beryapmiz. Biz to'pni nazorat qiladigan, to'pni shiddat bilan tortib oladigan va tezlashadigan jamoamiz. G'alabadan xursandman.
Djud, Dumfris, Konate o'yinni qanday yakunlaganini ko'rdingiz… Men 10 ta almashtirishni amalga oshira olmayman. Valverdening almashtirilishi ehtiyot chorasi edi. Uning axill paylarida muammo bor edi va biz buni bartaraf etishimiz kerak edi. Shiddatli o'yindan uch kun o'tib, biz g'alaba qozondik", - dedi Mourinyuning so'zlarini AS nashri.



