Balogun APL jamoasiga o'tishi mumkin

31 avg 2026, 10:15
"Everton" AQSH terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning transferi bo'yicha "Monako"ga rasmiy taklif yubordi.

Taklif summasi 18 million evroni tashkil etmoqda.

Amerikalik forvard "iriskalar" bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib bo'lgan va "Gudison Park"ga ko'chib o'tishni xohlamoqda. Avvalroq futbolchiga "Tottenxem" ham qiziqish bildirgan edi, biroq londonliklar Omar Marmush va Savioni sotib olgach, kurashdan chiqishdi.

Bitim hozircha yakunlangani yo'q, chunki "Monako" forvard bilan xayrlashishga shoshilmayapti. O'tish amalga oshish-oshmasligi yaqin 24–48 soat ichida hal bo'ladi. Angliyada transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com