"Barselona”, "Tottenxem" va "Aston Villa" Balogunga qiziqish bildirmoqda

22 avg 2026, 16:26
Folarin Balogun shu yozda "Monako"ni tark etishi mumkin.

AQSH terma jamoasi hujumchisi "Tottenxem”, "Aston Villa" va "Barselona"ni qiziqtirmoqda. Shu bilan birga, "Nyukasl" endi "Arsenal"ning sobiq futbolchisini unchalik diqqat bilan kuzatmayapti.

Balogun o'tgan mavsumda Liga 1ning 30 ta turida 13 ta gol urdi va klubning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe