

Toshkent vaqti bilan bugun tongda Xorvatiya terma jamoasi Panama bilan to'qnash keldi. Murosasiz kechgan o'yinda Ante Budemirning yagona goli xorvatlarga g'alaba keltirdi. Mazkur bellashuvda Luka Modrich Xorvatiya terma jamoasidagi 200-uchrashuvida maydonga tushdi.
Ikkinchi turdan so'ng Xorvatiya 3 ochko bilan uchinchi o'rinda ketmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini 28 iyun kuni Ganaga qarshi o'tkazadi, 0 ochko bilan oxirgi o'rindagi Panama shu kuni Angliya bilan kuch sinashadi.



