O'rtoqlik uchrashuvlari. Argentina Zambiyani tor-mor etdi, Braziliya Xorvatiyadan ustun keldi, Ispaniya Misrni yutolmadi va boshqa natijalar

Sherzod Nurmatov
1 apr 2026
Bir qancha terma jamoalar o'rtoqlik bellashuvlarida ishtirok etdi.

Xususan, Orlandoda kechgan uchrashuvda Braziliya Xorvatiyani 3:1 hisobida mag'lub etdi. Gollarga Danilo, Igor Tiago va Martinelli mualliflik qildi, xorvatiyaliklardan Lavro Mayer gol urdi.

Braziliya – Xorvatiya 3:1

Gollar: Danilo 45+2’, Igor Tiago penalti 88’, Martinelli 90+2’ – Lavro Mayer 84’

Ispaniya terma jamoasi Kornelya‑de‑Lobregat shahrida Misr bilan bellashdi. Uchrashuvda hisob ochilmadi. 84-daqiqada misrliklar yarim himoyachisi Hamdi Fati qizil kartochka oldi.

Ispaniya – Misr 0:0

Argentina terma jamoasi Zambiya bilan ro'baro' keldi va javobsiz 5 ta to'p kiritdi. Buenos-Ayresdagi “Bombonera” stadionida tashkil etilgan bahsda gollarni hujumchilar Xulian Alvares, Lionel Messi, xavbek Valentin Barko, himoyachi Nikola Otamendi (penalti) urgan bo'lsa, Dominik Chanda avtogol muallifiga aylandi.

Argentina – Zambiya 5:0

Gollar: Alvares 4’, Messi 43’, Otamendi penalti 50’, Chanda avtogol 68‘, Barko 90+4’

Qolgan o'rtoqlik bellashuvlarida Kanada Tunis bilan (0:0), Belgiya esa Meksika bilan durang o'ynadi (1:1).


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia