Belgiya terma jamoasi JCH-2026 oldidan o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Xorvatiyani mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
2 iyun 2026, 23:06
Xorvatiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

O'yin Xorvatiyaning Rieka shahridagi "Ruevica" stadionida bo'lib o'tdi. Bahs mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Xorvatiya - Belgiya 0:2
Gollar: Tilemans 38, Lukaku 90+6.

Uchrashuv tafsilotlari:
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yuri Tilemans 38-daqiqada o'yindagi birinchi golni urdi.
Hujumchi Romelu Lukaku 90+6-daqiqada Belgiyaning ustunligini ikki barobarga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar yaqin orada AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishadi. Turnir o'yinlari 11 iyundan 19 iyulga qadar davom etadi.
Xorvatiya terma jamoasi guruh bosqichida "L" guruhida Angliya, Panama va Gana jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Belgiya esa "G" guruhida Misr, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan kurash olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia