

Manba ma'lumotiga ko'ra, Italiya klubi vakillari futbolchi bilan bevosita bog'lanib, yangi mavsumda unga umid bog'lashayotganini bildirgan. Tomonlar yangi kelishuv tuzishga tayyor. Qayd etilishicha, bosh murabbiy Ruben Amorimning xorvatiyalikning uning loyihasi uchun muhimligini takidlagan qo'ng'irog'i ham muhim rol o'ynagan.
Yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, biroq 40 yoshli futbolchi "Milan" taklifini qabul qilishga moyil.
Modrichning "qizil-qoralar" bilan shartnomasi 30 iyunda tugadi. U 2025 yilning yozidan beri "Milan" safida o'ynamoqda. Yarim himoyachi barcha musobaqalarda jamoa safida 37 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



