

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikringiz...
- G'alaba va yarim final yo'llanmasi qo'lga kiritilganligi bilan klub rahbariyatini, muxlislarni, barchani tabriklayman. O'yin qiziqarli bo'ldi. “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahs bizdan ko'p kuch va hissiy energiyani oldi. Shuning uchun bugungi bellashuvda avvalgi o'yinlarda biroz kamroq ishtirok etgan futbolchilarga maydonga tushish imkoniyatini berdik. Umuman olganda, raqibga ham munosib baho berish kerak. Ular ancha yaxshi, jipslashgan holda himoyalanishdi. Qiziqarli jamoa. O'ylaymanki, chempionat hamda Pro ligada bunday yosh jamoalar qanchalik ko'p paydo bo'lsa, bu O'zbekiston futboli rivoji uchun shunchalik katta foyda beradi.
Bizga oson bo'lmadi. “Paxtakor” bilan bo'lgan o'yindan keyingi charchoq sezildi. Umuman olganda, natija uchun o'ynadik. Biz uchun yarim finalga chiqish muhim edi va buni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qildik.
- Bugungi bellashuvda darvozabon Shukron Yo'ldoshev ishonchli harakat qildi. Unga Superliga o'yinlarida ham ishonch bildirishi mumkinmi?
- Mashg'ulotlarda har bir futbolchida o'zini ko'rsatish imkoniyati bor. Bizda ishonch bildiriladigan, jamoa uchun juda muhim bo'lgan o'yinchilar etarli. Har bir futbolchini qadrlaymiz. Shu sababli, har qanday holat yuz berishi, istalgan futbolchi o'yinlarda maydonga tushishi mumkin. Kim ko'proq harakat qilsa va o'ynashga munosib bo'lsa, o'sha futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushadi.
- Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilar ishonchni oqlashdimi?
- Bugungi uchrashuvda “Paxtakor”ga qarshi kechgan o'yinda maydonda kamroq harakat qilgan futbolchilar maydonga tushishdi. Chunki yana bir bor takidlayman, o'sha uchrashuv juda og'ir kechdi, hissiy zo'riqish ham ko'p bo'ldi. Bundan tashqari, bugungi bahsgacha bo'lgan vaqt oralig'i ham qisqa edi. Shu sababli, bugun tarkibda katta rotaciya amalga oshirildi.
- Aleks Fernandes nima uchun maydonga tushmayapti?
- Aleks jarohat olgan. Taxminan bir hafta yoki bir yarim hafta oldin operaciya qilindi. U Toshkentda jarrohlik amaliyotini o'tkazdi hamda hozir tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Qanchalik tez safga qaytishini esa tibbiy shtabdan aniqlashtirish kerak. Xudo xohlasa, tezroq sog'ayib, jamoamizga qaytsin, o'z o'yini bilan bizni xursand qilib, jamoaga yordam bersin.
- “Navbahor” jamoasini so'nggi ikki bellashuvda siz boshqardingiz hamda mazkur o'yinlarda stadion muxlislarga to'la bo'ldi. Bunday muhitda futbolchilar bilan muloqot uyushtirish, ularga ko'rsatma berish qiyinchiliik tug'dirmadimi?
- Stadiondagi muhit shunchaki ajoyib! Bu yerdagi atmosfera aqlbovar qilmas darajada. Avvalgi safar ham aytganman, bunday muhit futbolchilarga yordam beradi va bu juda yaxshi.
Albatta, bunday shovqinda bir-biringizni eshitish qiyin, lekin tribunalar bo'm-bo'sh bo'lganidan ko'ra, shunday bo'lgani yaxshi. Ishqibozlarga esa stadionga tashrif buyurib, jamoani qo'llab-quvvatlayotganlari uchun katta rahmat aytaman. Hatto nimadir o'xshamay qolganida ham ular bizni qo'llab-quvvatlashda davom etishmoqda. Bu juda ajoyib! Buning uchun ulardan minnatdorman.
Muxlislarning qo'llab-quvvatlashlari g'alabalarimizga ham yordam beradi. Hechqisi yo'q, bazan ularning ovozlarini eshitish ham qiyin bo'ladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.



