Mixail Yaremchuk: "Nazarimda biz yaxshiroq edik. Durangdan xafaman"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2026, 22:13
Superliga 23-turidan o'rin olgan OKMK - "Navbahor" uchrashuvidan so'ng namangandliklar murabbiyi Mixail Yaremchuk o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yin oxirigacha asabiy, kuchli bosim ostida kechdi. Afsuski, kutilmaganda ikkita keraksiz gol o'tkazib yubordik, umuman olganda, Olmaliq bugun yaratgan deyarli barcha xavfli vaziyatlar shu bo'ldi. Bizda esa vaziyatlar etarlicha edi. Shunchaki o'z vaziyatlarimizdan unumli foydalanishimiz kerak edi, shunda o'yin oxiri bunchalik asabiy o'tmagan bo'lardi. Xotirjam o'yinni yakunlashimiz lozim edi - bu mening va murabbiylar shtabimizning fikri" - deya gap boshladi Mixail Yaremchuk.


- O'yin oxiri ko'proq nofutbol holatlar bilan yodda qoldi. O'sha vaziyatni qayta ko'rib chiqdingizmi? Yani bekor qilingan penalti. Nima bo'ldi o'zi?
- Ha, takrorni ko'rdik, lekin bizning fikrimizcha, u yerda chiziq chizilishi, vaziyatga ancha jiddiyroq qaralishi kerak edi. Nazarimizda, biz toza gol urdik.

- Bu mavsumda OKMKga qarshi o'yinlar juda qiyin kechmoqda. Birinchi davrani eslaymiz, "Navbahor mag'lub bo'lgandi. Bugun ham "Navbahor" g'alaba qozona olmadi, vaholanki bu juda muhim o'yinlardan biri edi. Nega aynan OKMKga qarshi bunday bo'lmoqda?
- OKMK - yaxshi jamoa, bir necha yillardan buyon barqaror va yaxshi jamoa hisoblanadi. Shu sababli kuchli jamoaga qarshi o'yinlar doim qiziqarli o'tadi. Lekin yana takrorlayman: bugun o'yin bo'yicha, mening fikrimcha, biz yaxshiroq edik va ko'proq xavfli vaziyatlar yaratdik. Shuning uchun durangdan xafamiz, tabiiyki. O'yin oxiri esa - bu emociyalar. Hamma yutishni xohladi: OKMK ham g'alabani istadi, biz ham istadik, shuning uchun bu shunchaki hissiyotlar. Keyinroq o'yinni takroran ko'rib chiqamiz, nima va qanday bo'lganini, nega bunday yakun topganini tahlil qilamiz.


- Bugun Navbahor avvalgi o'yinlarga qaraganda biroz kuchsizroq harakat qilgandek taassurot yo'qmi? Chunki o'tgan o'yinlarda sifati bo'yicha bugungi o'yindan ham yaxshiroq edi…
- Bizda ma'lum bir omillar bor edi. Terma jamoaga chaqirilgan futbolchilarimiz saflarimizga biroz kechroq qaytishdi. Lekin men o'yin sifati bugun ancha yaxshi bo'ldi deb hisoblayman. Eslasangiz, birinchi bo'limning boshida ikkita juda yaxshi vaziyatimiz bo'ldi, ikkinchi bo'limda ham etarlicha edi. Yana ikkitasini urganimizda - hisob 4:2 bo'lardi.

- Keyingi o'yin "Paxtakor"ga qarshi. Sizningcha, jamoa haligacha chempionlik poygasida qoldimi? Chunki oradagi farq qisqarmadi.
- Biz oxirigacha kurashamiz. Biz uchun har bir o'yin muhim, qarshimizda qaysi raqib turganining ahamiyati yo'q. Biz har bir jamoani hurmat qilamiz, ular turnir jadvalida nechanchi o'rinda borayotgani muhim emas, har biriga jiddiy hurmat bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Ammo biz har doim har bir bahsda faqat g'alaba qozonishni istaymiz va keyingi o'yinlarda ham buni amalga oshirishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia