Mirko Yyelichich: "11 o'yindan ko'nglim bo'ldi. O'yin sifatimiz menga maqul keldi"

4 may 2026, 23:51
Superliganing 11-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "Qizilqum" bahsi 1:0 hisobida yakuniga etdi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar bosh murabbiyi Mirko Yyelichich ishtirok etdi.

- O'yin juda og'ir o'tdi. 65-70 daqiqa mobaynida o'yinni nazorat qildik. Goldan keyin esa natijani saqlab qolishga harakat qildik. "Qizilqum" oxirigacha kurashishini bilardik, chunki jamoaning jismoniy holati juda yaxshi. 3 ochkodan mamnunman. Og'ir uch ochko va muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. "Qizilqum"ning o'tgan o'yinlarini ko'rganimizda, ular oxirigacha kurashganini bilgandik. Sifatli o'yin orqali g'alabaga erishdik.

- Birinchi bo'limdagi o'yin va ikkinchi bo'limdagi o'yin. Taymlardagi o'yinlarning alohida baholay olasizmi?

- Gol urganimizdan keyin nimalardir o'zgarishi kerak edi. O'yinni nazorat qilish biz uchun yaxshiroq bo'ldi. Shunchaki vaziyatlar bo'lganda o'zimizni yo'qotib qo'yaverdik. Lekin o'yindan o'yinga yaxshilanib boryapmiz. Chunki jamoa futbolchilari bunday bosimlarga o'rganib qolishdi. To'pni tepib yuborib, faqatgina kurashish - bizning o'yin uslubimiz emas. Bugun esa oxirigacha kurashib, ochkolarni qo'lga kiritdik.

IMG_5510.JPG

- 2 oy davomida barcha jamoalar 11tadan o'yin o'tkazishdi. Bu o'yinlar haqida yakuniy fikrlaringiz. Jamoadan mamnunmisiz?

- Ha, mamnunman. Yomon o'ynagan o'yinimiz bo'lmadi. 11 uchrashuvdagi o'yin sifatimiz menga maqul keldi. Bizga barqarorlik yetishmayapti. Lekin bu yangi jamoa, buni barcha tushunib turibdi. Futbolchilar o'zlariga bo'lgan ishonchni his qilishmoqda. Ular nimalarni yaxshilashimiz kerakligini bilib turishibdi. Yozda tarkibning ayrim nuqtalarini yaxshilashimiz kerak. Kubok o'yinlaridan keyin bu borada jiddiy ishlaymiz.

- Kubokdagi vazifa qanday?

- Kubokka jiddiy qarayapmiz. Kubok orqali xalqaro maydonga yo'llanma borligini barcha tushunib turibdi. Bu yaxshi sovg'a bo'lardi. Chunki "Lokomotiv" OCHLda o'ynamay qo'yganiga ancha bo'ldi. Shu sababli Kubokka jiddiy qaraymiz. Lekin bir tomondan olib qarasak, bu turnirda ushbu mavsumda ko'p ham o'ynamagan futbolchilarni o'ynatishimiz mumkin. Biz hozir bu boradagi balansni va barqarorlikni izlayapmiz. Boshqalarga imkon berib, o'zlarini ko'rsatishlariga zamin yaratamiz.


Manba: championat.asia