Mesut O'zil: "Maguayr va Onana bunga munosib edi - ular xeyterlarning ovozini o'chirishga majbur qilishdi"

Nozimov Nig'monxo'ja
25 okt 2023, 08:15
“Arsenal” va Germaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Mesut O'zil “Manchester Yunayted” futbolchilari Onana va Maguayr uchun xursandligini yashirib o'tirmadi.

"Maguayr va Onana bunga munosib edi - ular xeyterlarning ovozini o'chirishga majbur qilishdi",-deb fikr qoldirgan sobiq futbolchi.

 Eslatib o'tamiz, Maguayr “Manchester Yunayted” va “Kopengagen” uchrashuvidagi yagona gol muallifiga aylangan bo'lsa, Onana so'nggi daqiqalarda penaltini qaytarib, jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com