

"Oldinda ko'p yillik faoliyati bor juda yaxshi futbolchilarning yangi avlodi bor, ammo agar men bittasini tanlashim kerak bo'lsa, uning yoshi va erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda, shubhasiz, Lamin Yamalni tanlagan bo'lardim”, - dedi Messi.
Messi 2005 yildan 2021 yilgacha "Barselona"ning asosiy jamoasida o'ynagan. U barcha musobaqalarda 778 ta o'yinda 672 ta gol urdi va 303 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Bu mavsumda Yamal barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



