Igamberdiev Masharipov atrofidagi bahs haqida: "Grija" JCHga 1 hafta qolganida paydo bo'lib qolmaydi"

admin
11 iyun 2026, 12:25
O'FA terma jamoalar bo'limi sobiq boshlig'i Sherzod Igamberdiev Jaloliddin Masharipov bilan bog'liq vaziyat xususida fikr bildirdi.

"Menimcha, agar siz o'yinchini allaqachon chaqirgan, u 1 oydan beri terma jamoa ixtiyorida bo'lsa, barcha tibbiy ko'riklardan o'tgan, shuncha vaqt jamoa bilan birga - Toshkentda, keyin Amerikada shug'ullangan bo'lsa, 1 iyunga kelib uni 26 kishilik ro'yxatda bo'lishi kerak deb hisoblab, bu haqda e'lon qilgan bo'lsangiz, uni Jahon chempionati uchun rasman ro'yxatdan o'tkazgan bo'lsangiz-u, endi "to'satdan" unda umurtqa pog'onasi churrasi (grija) aniqlanganini aytish - bu shunchaki noprofessionallik va futbolchiga nisbatan adolatsizlik. Oldin "grija" yo'qmidi?

Umurtqa pog'onasi churrasi to'satdan paydo bo'lib qolmaydi, JCHga 1 hafta qolganida. Bundan tashqari, "grija" O'zbekistondan tashqari ko'plab futbolchilarda bor. U "shu" grija bilan JCHga chiqish uchun bo'lgan o'yinlarda maydonga tushib, sog'lig'ini xavf ostiga qo'ygan va bizga kerak bo'lgan paytda undan foydalanganmiz. Qatarda Shoma va Otabek jarohat olganda, u kasal holida, isitma bilan maydonga tushganda va biz bilan Laosga uchib borganda, keyin esa holsizlikdan o'rnidan tura olmay 2 kun xonasidan chiqmaganida, biz unga ovqat tashigandik. Shunga qaramay, biz undan foydalanganmiz va o'shanda hech kim "grija" haqida eslamagandi, chunki bizga natija kerak edi. Endi esa Jahon chempionati boshlanishiga 1 hafta qolganida, biz "to'satdan" unda "grija" borligini aniqladik.

U "grija"ni uzoq yillar davomida terma jamoamiz shanini himoya qilib orttirgan. Endi esa u keraksiz bo'lib qoldi. Juda xunuk holat", – dedi Igamberdiev.

Avvalroq O'FA Masharipovning holati bo'yicha rasmiy bayonot bergan edi.



O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: Instagram.com/sherzod.ig