Skaloni Jahon chempionati oldidan Messining holati haqida gapirdi

7 iyun 2026, 09:40
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati arafasida jamoa sardori Lionel Messining jismoniy holati xususida fikr bildirdi.

"Inter Mayami"ning 38 yoshli hujumchisi terma jamoa ixtiyoriga chap son orqa mushaklaridagi charchoq (jarohat alomati) bilan yetib kelgan edi.

"Leo o'zini yaxshi his qilmoqda. U mashg'ulotlarning bir qismini umumiy guruhda o'tkazdi va bu yaxshi belgi. U butunlay alohida shug'ullanayotgani yo'q, asta-sekin sport formasini tiklab bormoqda. Ehtimol, Leo o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushib, ushbu ikki bahsdan birida bir necha daqiqa harakat qilar. Bu ertaga bo'ladimi yoki keyingi o'yindami, buni kuzatamiz. Ammo u o'zini ancha yaxshi his qilmoqda va bu bizga xotirjamlik bag'ishlaydi", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi ESPN.

O'xshash yangiliklar


Manba: ESPN