JCHga kelgan sayyohlarni kutib olish uchun Mexiko shahrida 117 ming kishi tayyorgarlikdan o'tdi

Sherzod Nurmatov
11 iyun 2026, 14:35
Mexiko shahrida 2026 yilgi Jahon chempionati paytida turistlarni kutib olish uchun 117 ming inson maxsus tayyorgarlikda qatnashdi.

Bu haqda Meksika poytaxti turizm vaziri Alexandra Frausto xabar berdi.

Fraustoning so'zlariga ko'ra, Turizm vazirligi o'quv dasturini targ'ib qilmoqda. Tayyorgarlikdan o'tganlar orasida xizmat ko'rsatish sohasi, mehmonxona va restoran xodimlari, transport, gidlar, jamoat xizmati mutaxassislari va ko'ngillilar bor.

Bundan tashqari, shaharning strategik hududlarida infratuzilma mustahkamlandi, bu esa asosiy sayyohlik joylariga transport vositalarining kirishini yaxshiladi.

Mexiko shahrida bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tashrif buyuradigan muxlislar va sayyohlar 63 000 ta mehmonxona xonalari, qariyb 60 000 ta restoran va kafelar hamda keng jamoat transporti tarmog'idan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Shuningdek, poytatda festivallar, ko'rgazmalar va boshqa madaniy tadbirlar bo'lib o'tadi.

Turnirning birinchi o'yini bugun, 11 iyun kuni Mexiko shahridagi "Acteka" stadionida bo'lib o'tadi. Unda Meksika Janubiy Afrika bilan to'qnash keladi. Uchrashuv boshlanish vaqti - 23:59

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: kyma.com