"Butun insoniyat uchun o'rnak": turk futboli afsonasi Messi va Ronaldu o'rtasida tanlov qildi

Sherzod Nurmatov
9 okt 2026, 11:15
Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasi bosh murabbiyi Arda Turan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi raqobat haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Turk futboli afsonasi portugaliyalik yulduzning yuksak darajasini etirof etdi, biroq Messini futbol tarixidagi eng yaxshi o'yinchi deb atadi.

"Krishtianu - shunchaki aql bovar qilmas futbolchi, butun jahon tarixidagi eng yaxshilardan biri. Ammo shaxsan men uchun futbol tarixidagi barcha o'yinchilar orasida eng zo'ri aynan Messidir. Albatta, Krishtianu jamoangizda o'ynasa, siz o'yinlarda g'alaba qozonishingiz, kuboklarni qo'lga kiritishingiz mumkin - u aql bovar qilmas ishlarni amalga oshiradi.

Biroq safingizda Messi o'ynasa, butun o'yinni nazorat qilasiz. Krishtianu - eng buyuklardan biri, uning muxlislarini ham juda hurmat qilaman, lekin baribir Messi - mutlaqo boshqa daraja. Shu bilan birga, men Krishtianuni inson sifatida ham, futbolchi sifatida ham juda yaxshi ko'raman va cheksiz hurmat qilaman. U butun insoniyat uchun ibrat bo'la oldi", – dedi Turan jurnalist Dmitriy Gordonga bergan intervyusida.

Turan o'tgan yilning may oyida "Shaxtyor" boshqaruvini qo'lga olgandi. Uning qo'l ostida Doneck klubi Ukraina chempioniga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: В гостях у Гордона