

Birinchi bo'limda jamoalar o'yinni faol boshlab, dastlabki daqiqalardan tashabbusni o'z qo'llariga olishga intilishdi. 25-daqiqada "Paxtakor farm" hisobni ochdi - Muhammadrizo Parpiev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi. "G'azalkent" javob qaytarish uchun imkoniyatlar izlashda davom etdi, ammo tanaffusga qadar hisob o'zgarmadi - 0:1.
Ikkinchi bo'limda maydon egalari darhol bosimni oshirishdi va 48-daqiqadayoq muvozanatni tiklashdi. Diyorbek Tojiev uzatgan to'pni Vladislav Nabatov darvozaga yo'lladi - 1:1.
Biroq "Paxtakor farm" hisobdagi ustunlikni tezda o'z tomoniga qaytarib oldi. 51-daqiqada Akbar Muhammadov mehmonlarning ikkinchi golini urdi - 1:2.

"G'azalkent" yana oldinga tashlandi va 65-daqiqada o'z niyatiga etdi: Nabatov Abdurahmon Abdullaevning uzatmasidan so'ng bosh bilan gol urib, dublni rasmiylashtirdi - 2:2.
Asosiy vaqt yakunigacha hisob boshqa o'zgarmadi. Hakam uch daqiqa qo'shib berdi va aynan kompensaciya qilingan daqiqalarda bahsning kulminacion nuqtasi yuz berdi.
90+2-daqiqada "G'azalkent" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Ozod Ibodulloev nuqtadan berilgan zarbani ishonchli tarzda amalga oshirdi - 3:2!
Final hushtagi! "G'azalkent" shiddatli bahs yakunida g'alabani ilib kyetib, o'z hisobiga uch ochkoni yozib qo'ymoqda.
Shahzoda Tojieva



