

Bu haqda “Sky News” muxbiri Rob Xarris xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 58 yoshli sloveniyalik mutaxassis qarorini Berlinda UEFAga a'zo barcha 55 ta milliy assotsiatsiya vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda e'lon qilgan.
2024 yilning fevralida Cheferin UEFA prezidenti uchun keyingi saylovlarda ishtirok etmasligini bildirgandi. Biroq 2026 yilning sentyabrida PSJ prezidenti hamda Yevropa klublari assotsiatsiyasi (EFC) raisi Nosir Al Helayfi uni ushbu qarorini qayta ko'rib chiqishga chaqirgandi.
UEFA prezidenti saylovi 2027 yil 4 mart kuni Ostona (Qozog'iston) shahrida o'tkaziladigan tashkilotning 51-kongressida bo'lib o'tadi.
Cheferin 2016 yilning sentyabridan buyon UEFAga rahbarlik qilib kelmoqda. Agar u qayta saylansa, tashkilot prezidenti lavozimini to'rtinchi bor egallaydi.



