

"Jumladan, jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelgan Rafael Viashima Ayagva, Roman Xodjiev, Maqsudxo'ja A'loxo'jaev hamda Asadbek Xabibullaevlar endi faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettiradi.
Ushbu futbolchilar “Mashal” safidagi faoliyati davomida klub maqsadlari yo'lida sidqidildan mehnat qilib, jamoamiz natijalariga o'z hissalarini qo'shdilar.
“Mashal” futbol klubi futbolchilarimizga klub rivoji va jamoa sharafini munosib himoya qilish yo'lidagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida ulkan omad, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Sizlar har doim “Mashal” oilasining bir qismi bo'lib qolasizlar!", -deb xabar bermoqda muborakliklar matbuot xizmati.



