

JCH-2026 guruh bosqichi 2-turidan o'rin olgan Kabo-Verde bilan o'yinda (2:2) Muslera qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va bu raqibning hisobni tenglashtirishiga sabab bo'ldi.
1966 yildan beri Jahon chempionatlarida golga olib kelgan eng ko'p xatoga yo'l qo'ygan darvozabonlar:
Fernando Muslera (Urugvay) - 4
Muhammad Al-Deayya (Saudiya Arabistoni) - 3
Mark Shvarcer (Avstraliya) - 3
Manuel Noyer (Germaniya) - 3
Eslatib o'tamiz, 1-turda Urugvay Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynagandi (1:1), Kabo-Verde esa Ispaniyadan ochko tortib olgan (0:0). So'nggi 3-turda Urugvay Ispaniya bilan, Kabo-Verde esa Saudiya Arabistoni bilan 27 iyun kuni kuch sinashadi.



