

Stats Foot nashrining xabar berishicha, uchrashuvning dastlabki 24 daqiqasida dubl qayd etgan Oyarsabal Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatlarida eng tez ikkita gol urgan futbolchiga aylandi. Mikel shu tariqa 1934 yilgi turnirning 1/8 finalida Braziliyaga qarshi o'yinda (3:1) 25 daqiqa ichida dubl qilgan Xose Iraragorrining rekordini yangiladi.
Bundan tashqari, Oyarsabal JCH tarixida dastlabki 25 daqiqa ichida 3 ta golli vaziyatda qatnashgan (gol+pas) ikkinchi futbolchi bo'ldi. Bungacha vengriyalik Laslo Fazekash 1982 yilda Salvadorga qarshi o'yinda (1 ta gol va 2 ta assist) bunday natijaga erishgandi. Shuningdek, bask millatiga mansub hujumchi 1966 yildan beri olib boriladigan statistikaga ko'ra, o'yinning dastlabki 30 daqiqasida 3 ta golli harakatni amalga oshirgan dunyodagi uchinchi futbolchiga aylandi.



