Hammasi joyida: Masharipov ham fotosessiyada ishtirok etdi

11 iyun 2026, 23:56
Biroz oldin termamiz futbolchisi Umarali Rahmonaliev fotosessiyada 10-raqam ostida qatnashayotgani haqida xabar bergandik.

O'FA matbuot xizmati vakillari ushbu holatga aniqlik kiritishdi. Ma'lum bo'lishicha, Umarali Rahmonaliev o'ziga mos bo'lgan o'lchamdagi libosni kiygan va bu 10-raqamga to'g'ri kelgan.

Keyinchalik Jaloliddin Masharipovning o'zi ham o'z raqami ostida fotosessiyada ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia