Lamin Yamal JCHdagi debyut golini kimga bag'ishlaganini aytdi

22 iyun 2026, 13:40
Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal jahon chempionatlaridagi debyut golini kimga bag'ishlaganini ma'lum qildi.

"Bu golni onamga, sevgan qizimga, oilamga, do'stlarimga, bu yerda hozir bo'lgan barchaga hamda Mataro ahliga bag'ishlayman", - deya Yamalning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda jurnalist Fabricio Romano o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Yamal Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda maydonda 45 daqiqa harakat qildi va tanaffusda zaxiraga olindi. Uning o'rniga maydonga hujumchi Yeremi Pino tushdi. Lamin maydonda bo'lgan vaqti ichida o'z hisobiga gol yozdirib qo'yishga ulgurdi va bu uning jahon chempionatlaridagi ilk goli bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: https://x.com/FabrizioRomano