

ESPN xabariga ko'ra, Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi doirasidagi "Portu"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan jamoaning ochiq mashg'ulotida futbolchilar musiqa sadolari ostida shug'ullanishgan.
"Bu men ilgari "Lester"da, keyin "Chelsi"da qo'llagan usulim bo'lib, uni bu erga ham olib keldim. O'ylaymanki, musiqa bilan o'yinchilar o'zlarini baxtliroq his qilishadi va yanada yaxshiroq ishlay olishadi, bor gap shu. Musiqani futbolchilarning o'zlari tanlashadi. Shaxsan men boshqacha musiqani tanlagan bo'lardim!", – dedi italiyalik mutaxassis.
"Portu" – "Manchester Siti" uchrashuvi bugun, 8 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.



