

"Fikrimcha, biz birinchi golgacha juda yaxshi boshlagan edik. Keyin esa atigi bir daqiqa o'tib ikkinchi golni o'tkazib yubordik - bu yoqimsiz hissiyotlarni keltirib chiqardi. Ikkinchi bo'limda ancha yaxshi o'ynadik va ehtimol, ko'proq narsaga loyiq edik.
Ochig'ini aytsam, biroz g'alati chiqdi. Birinchi golgacha yaxshi boshlagan edik, o'yinni nazorat qildik, keyin esa avval bitta, ketma-ket ikkinchi to'pni o'tkazib yubordik. Tanaffusda bazi narsalarni to'g'riladik. Yaxshiroq natijaga umid qilish uchun etarli vaziyatlar yaratdik.
Pressingni biroz o'zgartirdik. O'ylaymanki, biz muvozanatni biroz yo'qotdik. Birinchi bo'limda 3:0 hisobiga qaramay, ikkinchi bo'limda yaratilgan vaziyatlar sonini hisobga olgan holda, biz ko'proq narsaga loyiq edik. Luis o'yin oxirida bugun raqibning omadi chopganini aytdi. Vaziyatlardan foydalanish kerak, lekin shu bilan birga muvozanatni ham yo'qotmaslik lozim", - dedi Mareska TNT Sports efirida.



